Kasaba uyushmasi / Профсоюз

 

«Neft va Gaz Konlari Geologiyasi Hamda Qidiruvi Instituti» aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi O’zbekiston neft - gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Ustaviga muvofiq ish yuritadi.

       Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a`zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar jamoalarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual hukuk va manfaatlarin himoya kilishni amalga oshirishdir.

Kasaba uyushmasi ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun:

  • mehnatga hak to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirishga;
  • korxonalarda mehnat qonun xujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me`yorlariga rioya qilinishi, xodimlarga me`yoriy xujjatlarda ko’zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga.
  • korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va havfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;
  • mehnat jamoalarida madaniy-ma`rifiy, sport tadbirlari, ko’rik-tanlovlar, jumladan davlat organlari, o’z-o’zini boshkarish organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlikda, tashkil etilishi va o’tkazilishiga;
  • kasaba uyushmasi faoliyatining keng oshkoraligini ta`minlash uchun axborot - tashviqot ishlari olib borilishi kabilar.

Kasaba uyushmasiga a`zo bo’lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, a`zolik badallarini muntazam to’lab boruvchi 18 yoshga to’lgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi a`zosi bo’lishi mumkin.

Kasaba uyushmasining hamma a`zolari teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

 

Подписаться на рассылку

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

ctrl + enter

Контакты

Адрес: 100164, Республика Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Олимлар, 64 Б блок

Тел.: (+99891) 162-11-18

Канцелярия: (+99891) 162-11-18

Телефон доверия: (+99891) 162-11-18

Email: igirnigm@ing.uz